Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Los-Anjeles-2028: Futbolchilarimizdan yana bir yo‘llanma kutamiz

Los-Anjeles-2028: Futbolchilarimizdan yana bir yo‘llanma kutamiz

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Los-Anjeles-2028: Futbolchilarimizdan yana bir yo‘llanma kutamiz

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Parij-2024 lisenziyalarini qo‘lga kiritib, delegasiyamiz tarkibida 4-yillikning eng nufuzli musobaqasiga birinchi bor o‘yin sport turlaridan yo‘llanma olgan jamoaga aylandi. Bugun kunning ikkinchi yarmida futbolchilarimizning Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga ham yo‘llanma olish imkoniyatlari va buning uchun ishlab chiqilgan reja muhokama markazida bo‘ldi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov hozirda barcha terma jamoalar shakllantirilib, ularga malakali mutaxassislar biriktirilgani, yoshlar terma jamoalari uchun mahalliy va xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etilayotgani haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, Ravshan Sayfuddinovich assosiasiya moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash maqsadida Toshkent viloyatida barcha qulayliklarga ega terma jamoalar markazi barpo etilayotgani, uning to‘liq imkoniyatidan foydalangan holda futbolchilarimiz har qanday musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Parij-2024 saralashida qizlarimiz ham Olimpiada yo‘llanmalariga juda yaqin kelishgan edi. Biroq so‘nggi bosqichda dunyoning kuchli jamoalaridan biriga imkoniyat boy berildi. Suhbatda yo‘l qo‘yilgan xatolardan xulosa chiqargan holda yangi siklga tayyorgarlik ko‘rish haqida so‘z bordi.

Uchrashuv davomida milliy terma jamoamizning jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlari haqida ham to‘xtalib, bu borada jamoaga barcha zarur sharoitlarni yaratish borasida tavsiyalar berib o‘tildi. Qolaversa, viloyatlardagi infratuzilmalarni yaxshilash, yoshlar o‘rtasidagi turli musobaqalar tashkil etish orqali seleksiya ishlariga ahamiyat qaratish borasida fikr almashildi.

Har bir yig‘ilishda bo‘lgani kabi bu gal ham O‘zbekiston delegasiyasini Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqiladigan Prezident qarori loyihasiga takliflar belgilab olindi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 21:47, 05.12.2024.
O'qildi: 766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик