Kirish Ro'yxatdan o'tish

Osimxenni 80 million yevroga sotib olish mumkin, unga ikki top-klub qiziqish bildirmoqda

Osimxenni 80 million yevroga sotib olish mumkin, unga ikki top-klub qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Hujumchi Viktor Osimxen yozda "Napoli"da qolishni istamadi. "Chelsi"ga transfer amalga oshmay qoldi, shuning uchun nigeriyalik futbolchi "Galatasaroy"ga ijaraga o‘tdi. Shu bilan birga, Osimxen Yevropaning yuqori maqomli klublari radarida qolmoqda.

Transfer News Live nashrining Tuttomercatoweb nashriga tayanib xabar berishicha, Osimxenni qishda 80 million yevroga sotib olish mumkin. Olti oydan so‘ng - yozda - narx 70 million yevrogacha tushadi. 25 yoshli futbolchiga "Chelsi" va "PSJ" klublari qiziqish bildirmoqda.

"Galatasaroy" safida Osimxen 12 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va sheriklariga 5 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 12:38, 06.12.2024.
O'qildi: 768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.