Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Xulian Alvares joriy mavsum gollari soni bo‘yicha Mbappeni ortda qoldirdi

Xulian Alvares joriy mavsum gollari soni bo‘yicha Mbappeni ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares yana gol urdi.

Argentinalik futbolchi Ispaniya kubogi doirasidagi "Kaserenyo"ga qarshi o‘yinda ikkinchi bo‘lim boshlanishidan oldin zaxiradan maydonga tushdi va o‘yin yakuniga qadar gol va golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. 24 yoshli forvardning sa’y-harakati evaziga "matraschilar" o‘yinni tubdan o‘zgartirib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi – 3:1.

E’tiborlisi, Alvares joriy mavsumda barcha musobaqalarda urgan gollari soni 11 taga yetdi - bu "Real" hujumchisi Kilian Mbappedan (10 ta) ko‘p. Har ikki futbolchi Ispaniyada debyut mavsumlarini o‘tkazmoqda.

Xulian Alvares "Manchester Siti"dan "Atletiko"ga o‘tdi, Kilian Mbappe esa "PSJ"ni "Real"ga almashtirdi.

Kiritildi: 13:03, 06.12.2024.
O'qildi: 433 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик