Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fonseka hakamlikni qattiq tanqid qildi

Fonseka hakamlikni qattiq tanqid qildi

Baho:
+ | -

"Milan" bosh murabbiyi Paulo Fonseka "Atalanta"ga qarshi o‘yinda (1:2) mag‘lubiyatga uchragan holda hakam ishidan noroziligi bilan o‘rtoqlashdi. Bergamoliklar ikki bor standart vaziyatlardan gol urishdi.

"Bugun birinchi marta hakamlik haqida gapirmoqchiman, jim turmayman. Birinchi golda Teo Ernandesga nisbatan qoida buzildi, bunga shubha yo‘q. Menga hakamning ishi yoqmadi. "Milan"ga hurmat yo‘q, har hafta bir xil narsa takrorlanadi. Men haqiqatni aytishdan qo‘rqmayman. Biz bugun yaxshiroq o‘yinga loyiq edik. Kecha men hakamni o‘ylab uxlay olmadim. U allaqachon Bergamoda "Atalanta"ning "Udineze" bilan o‘yinida videoassistent sifatida ishlagan. Qarang, o‘shanda nima bo‘lgan edi", — deya Fonseka so‘zlarini keltiradi jurnalist Nikolo Shkira.

Kiritildi: 06:42, 07.12.2024.
O'qildi: 328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик