Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Puyol Mourinyuning “Real”ga qaytishiga baho berdi

Puyol Mourinyuning “Real”ga qaytishiga baho berdi

Baho:
+ | -

“Barselona”ning sobiq sardori Karles Puyol Joze Mourinyoning “Real”ga qaytishi madridliklar uchun foydali bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi.

“Mourinyu bilan ular yanada kuchliroq bo‘lishi mumkin”, — deya Puyolning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.

Puyol Mourinyo va Pep Gvardiola davridagi “Barselona” — “Real” raqobatini ham esladi.

“Biz buyuk murabbiy haqida gapiryapmiz. Men uni "Barselona"da, hali akademiyada o‘ynab, asosiy jamoaga yaqinlashayotgan paytimda taniganman. O‘shandayoq uning futbol haqida juda ko‘p narsa bilishi ko‘rinib turardi.

Keyin u ajoyib murabbiylik faoliyatini qurdi va "Real"ni boshqardi. O‘sha yillarda biz ham imkoniyatlarimizning eng yuqori nuqtasida edik. Bu juda katta raqobat edi”, — dedi Puyol.

Shu bilan birga, “Barselona” afsonasi sobiq jamoasiga ishonch bildirdi. Uning fikricha, kataloniyaliklar kuchli tarkibga ega va yangi mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazishga qodir.

Kiritildi: 23:43, 18.08.2026.
O'qildi: 4104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик