Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» himoyachisi «Atalanta»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

«Real» himoyachisi «Atalanta»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi «Atalanta»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi o‘yinida jamoasiga yordam bermaydi.

Shanba kuni «Jirona»ga qarshi kechgan va «Los Blankos»ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan La Liga o‘yinining 81-daqiqasida fransiyalik futbolchi almashtirildi. Jurnalist Fabrisio Romanoning yozishicha, 29 yoshli futbolchi mushaklaridan jarohat olgan va Chempionlar ligasi doirasidagi «Atalanta» bilan o‘yingacha vaqtida tiklanishga ulgurmaydi. Uchrashuv seshanba kuni Bergamoda bo‘lib o‘tadi, start hushtagi Toshkent vaqti bilan 01:00 da yangraydi.

Ferlan Mendi joriy mavsumda Karlo Anchelotti jamoasida 17 ta o‘yinda qatnashib, birorta golda ishtirok etmadi.

Kiritildi: 10:02, 08.12.2024.
O'qildi: 1003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик