O‘tgan haftada Niderlandiya chempionatida 5-turning qoldirilgan o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda "Ayaks" "Utrext"ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Ushbu o‘yindagi gollardan birini "Ayaks"ning 41 yoshli darvozaboni Remi Pasver o‘z darvozasiga kiritdi.
Ma’lum bo‘lishicha, u Niderlandiya chempionati tarixida avtogol urgan eng keksa darvozabonga aylandi.
Ilgari bu natija 1981 yilda tug‘ilgan 39 yoshli darvozabon Rinus Israyelga tegishli edi.