"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Italiya klubi bilan o‘yin oldidan "Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini haqida gapirdi.
"Biz "Yuventus"da uchrashdik va ajoyib do‘stmiz. U jamoani yaxshi boshqaradi, har yili "Atalanta"da ko‘p o‘zgarishlar bo‘ladi, lekin Gasperini har doim o‘zida mavjud resurslardan qanday foydalanishni biladi. Men uning qilayotgan ishlaridan qoyil qoldim", - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi Football Italia.