Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Xedira: "El Klasiko"da o‘zimizni Rim gladiatorlaridek his qilardik"

Xedira: "El Klasiko"da o‘zimizni Rim gladiatorlaridek his qilardik"

Baho:
+ | -

Sami Xedira o‘z davrining "El Klassiko"lari tarixdagi eng yaxshi o‘yin bo‘lganini aytdi.

Nemis futbolchisi 2010 yildan 2015 yilgacha "Real"da o‘ynagan.

- Faoliyatingiz haqida gapirganda, tarixdagi eng yaxshi o‘yinlarda qatnashganingizni aytasizmi?

- Ha, aytaman. "Real Madrid" va "Barselona" o‘rtasidagi bu o‘yinlar tarixdagi eng yaxshi o‘yin hisoblanadi. Albatta, men o‘zim ham ularda qatnashganim uchun buni aytyapman. Ammo ko‘pchilik muxlislar xuddi shunday deyishadi.

Bu Mourinyo Gvardiolaga qarshi, Krishtianu Messiga qarshi, poytaxt Kataloniyaga qarshi... Bular maksimal shiddatli o‘yinlar, juda yuqori darajadagi o‘yinlar edi. Bu shiddatli futbolga boy qiziqarli uchrashuvlar edi. Qilgan ishimiz esa tahsinga loyiq, chunki biz 2010 yilda ish boshlaganimizda “Barselona” bizdan ustun edi, biroq bir-ikki yildan so‘ng biz farqni yo‘qotdik.

"Barselona" ko‘proq texnik edi, ha, lekin bizda mentalitet va taktik intizom bor edi... Biz maydonda jangchilar edik va har bir o‘yinda o‘zimizni Rim gladiatorlaridek his qilardik. Xabi Alonso, O‘zil, Krishtianu Ronaldu kabi sifatli o‘yinchilar bilan... Bu uch o‘ziga xos yil edi va ko‘plab muxlislar ularning qaytishini xohlashdi. Hatto Germaniyada ham bu haqda menga aytishadi.

- Ushbu o‘yinlarda kim peshqadam bo‘ldi?

- Kasilyas sardor edi, lekin Serxio Ramos yetakchi edi, chunki unda ispan qoni va "Real Madrid" DNKsi bor edi. Ammo bu o‘yinlarga doim tayyor bo‘lgan va barchani olg‘a intilishga majbur qilgan Krishtianu Ronaldu ham borligini unutmang.

U sizning qo‘lingizni ushlab, sizga eng yaxshi tomonlaringizni ko‘rsatishga yordam beradigan narsalarni ayta boshlardi. "Kel, Sami, tajovuzkor bo‘l. Mesut, sehringni ko‘rsat. Di Mariya, to‘pni olib, ishonch bilan o‘yna..." U barchamizni bu o‘yinlarga ruhan tayyorladi, motivator edi. Keyin esa bu o‘yinlarda daho bo‘lgan Mourinyo bor edi. U ularga dahshatli tarzda tayyorlanardi!

Va, albatta, asosiy vazifa Messini to‘xtatish edi. Lekin bu faqat Mourinyoning emas, umumiy vazifa edi. Bularning barchasi o‘yinlar oldidan aql bovar qilmaydigan muhit yaratdi. Biz 100 foiz bor kuchimizni berishimiz kerakligini bilardik. Ammo Arbeloa kabi qo‘lidan kelganicha harakat qilgan boshqa o‘yinchilar ham bor edi", - dedi "Real"ning sobiq yarim himoyachisi.

Kiritildi: 23:05, 10.12.2024.
O'qildi: 1194 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.