Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Atalanta 2-0 Torino
11/01 01:00 Valensiya 1-1 Elche
11/01 16:30 Xitoy 1-0 Avstraliya
11/01 16:30 Lechche 1-2 Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano 2-1 Malyorka
11/01 19:00 Tailand 1-1 Iroq
11/01 19:00 Fiorentina 1-1 Milan
11/01 20:15 Levante 1-1 Espanyol
11/01 22:00 Verona 0-1 Lasio
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa - Kalyari
13/01 00:45 Yuventus - Cremonese
13/01 01:00 Sevilya - Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya

Mourinyo - jurnalistlarga: "Cham qanot himoyasida siz o‘ynasizmi?"

Mourinyo - jurnalistlarga: "Cham qanot himoyasida siz o‘ynasizmi?"

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo "Fenerbaxche" tarkibidagi muammolar haqida kinoya bilan gapirdi.

Kecha “Fenerbaxche” Yevropa Ligasi umumiy bosqichi 6-turida o‘z maydonida “Atletik”ga imkoniyatni boy berdi (0:2). 2-bo‘limda jamoa ozchilikda qoldi - himoyachi Mert Muldur ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi.

"Keyingi Yevropa ligasidagi o‘yinimiz "Lion"ga qarshi bo‘ladi - Muldur diskvalifikasiya qilindi, chap qanot himoyasida kim o‘ynaydi? Sizlardan yoki televideniye mutaxassislaridan birontasi menga yordam bera oladimi? Kim chap qanot himoyachisi o‘ynaydi?

Ba’zan siz jurnalistlar narsalarga haqiqiy rasmni tushunmay turib qaraysiz. Bilmayman - afsuski, turk tilida bir necha so‘z aytishim mumkin - klubimiz vaziyatni tushunish uchun to‘g‘ri ma’lumotni taqdim etyaptimi? Men barcha futbolchilarim tayyor bo‘lishini istardim. Ko‘ryapsizmi, bu biz uchun qanchalik qiyin. “Atletik”ga qarshi o‘yinda zaxirada birorta ham yarim himoyachimiz yo‘q edi.

Men futbolchilarimdan mamnunman. Men futbolchilarimni taqdirga topshirmayman. Bu yerga kelib, menda yaxshiroq o‘yinchilar bo‘lsa, deyishimni kutmang. Men Jeyden Ostervolde tayyor bo‘lishini istardim, chunki usiz biz haqiqatan ham qiyin vaqtlarni boshdan kechirmoqdamiz. Lekin xavotir olmang, biz keyingi bosqichga chiqish niyatidamiz. Uch ochko olishimiz uchun yana ikkita o‘yinimiz bor va biz ularni qo‘lga kiritamiz. Mavsumning ikkinchi yarmida kuchayib boramiz", - dedi “Fenerbaxche” bosh murabbiyi.

Kiritildi: 21:49, 12.12.2024.
O'qildi: 854 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.