Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Muhammadali G‘iyosov: "Neftchi" tarkibi chinakamiga kuchaytirilmoqda"

Muhammadali G‘iyosov: "Neftchi" tarkibi chinakamiga kuchaytirilmoqda"

Baho:
+ | -

"Neftchi" safiga yaqinda qo‘shilgan Muhammadali G‘iyosov klub matbuot xizmatiga yangi mavsum oldidan o‘zining fikrlarini o‘rtoqlashdi.

"Neftchi" o‘zbek futbolida shonli tarihga ega klublardan biri. Oxirgi yillarda jamoaning mavqeini tiklash uchun harakat ketayotganini bilaman. Shuni inobatga olib men taklifni farg‘onaliklar safida bo‘lishni lozim topdim.

Atrofimdagilar har doim vodiyda futbol o‘ynash qiyinligini ta’kidlashadi. Men bunga ishonmayman. Farg‘ona aslida milliy futbolimiz vatani hisoblanadi. Shu bois men Farg‘onada to‘p surishni istayman. Katta marralarni ko‘zlagan har bir futbolchi kuchli raqobatni his qilishi va katta bosimni yengib o‘tishi kerak.

"Neftchi" tarkibi chinakamiga kuchaytirilmoqda. Menimcha, bu hali hammasi emas... Yangi mavsum klubda bo‘lgani kabi mening ham muxlislar oldida isbotlashim kerak bo‘lgan jihatlar bor. Xudo xohlasa, hammasi biz uchun ijobiy yakun topishiga ishonaman.

Muxlislardan bitta narsani so‘ragan bo‘lardim. Bizni har doim qo‘llab-quvatlab turishsin. Muhimi, har doim stadionga tashrif buyurishsin. Futbol ular bilan go‘zal. Biz ularni xursand qilish uchun qo‘limizdan kelgan hamma narsani qilamiz", - dedi G‘iyosov.

Manba: "Нефтчи" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 19:45, 14.12.2024.
O'qildi: 1976 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик