Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» «Liverpul» yarim himoyachisini 75 million yevroga sotib olishi mumkin

«Real» «Liverpul» yarim himoyachisini 75 million yevroga sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

«Real Madrid» jamoasini kuchaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. «Fichajes» portalining xabar berishicha, Madrid klubi e’tiborini «Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslaiga qaratgan. «Oqlar» vengriyalik futbolchini 2025 yilda qo‘lga kiritish uchun harakat qilishlari mumkin.

2024/2025 yilgi mavsumda Soboslai 22 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, ikki gol urdi va jamoadoshlariga 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Transfermarkt» portali ekspertlari 24 yoshli Dominik Soboslaini 75 million yevroga baholamoqda. Futbolchi «Liverpul»da 2023 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda.

Kiritildi: 09:40, 16.12.2024.
O'qildi: 1503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик