Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Maguayr va "Manchester Yunayted" yangi shartnoma borasida muzokara o‘tkazmoqda

Maguayr va "Manchester Yunayted" yangi shartnoma borasida muzokara o‘tkazmoqda

Baho:
+ | -

Xarri Maguayr va "Manchester Yunayted" yangi shartnoma imzolashlari mumkin. 31 yoshli himoyachi klub bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralar haqida gapirdi.

Futbolchining haftasiga 190 ming funt maosh oladigan amaldagi shartnomasi olti oydan keyin tugaydi. Klubda uni bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bor.

"Ayni paytda barcha belgilar ijobiy. Biz ijobiy suhbatlashyapmiz", - dedi Maguayr.

Joriy mavsumda angliyalik futbolchi APLda 9 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta sariq kartochka ishlab oldi. Futbolchi 2019 yildan buyon “Manchester Yunayted”da o‘ynab kelmoqda.

Kiritildi: 16:31, 16.12.2024.
O'qildi: 451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик