Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Nima, De Ligt "la’nati"mi?

Nima, De Ligt "la’nati"mi?

Baho:
+ | -

Matteys de Ligt o‘tgan yoz «Bavariya»dan «MYU»ga o‘tdi.

Niderlandiyalik himoyachi o‘z transferidan keyin haligacha loaqal ikki mavsum muayyan bir murabbiy bilan ishlamaganini tilga oldi. «Ha, hozirgacha menga butun faoliyatim davomida biror murabbiy qo‘l ostida 1,5 mavsumdan uzoqroq o‘ynash nasib etgani yo‘q. Umid qilamanki, endi ushbu an’ana buziladi va Erik ten Xag bilan bir necha yil birga ishlaymiz».

25 yoshli futbolchining ushbu faktni aytgani va o‘ziga xos an’ana xotima topishiga ishonch bildirgani bejiz emasdi. Har holda, Matteys de Ligtni «MYU»ga o‘ziga tanish mutaxassis Erik ten Xag chorlagandi. Xullas, niderlandiyalik himoyachi u bilan navbatdagi hamkorligi xuddi «Ayaks»dagi kabi samarali kechishiga umid bog‘ladi. Biroq...

Bu safar ham de Ligt «la’nati» ishga tushdi, go‘yo. «MYU» rahbariyati uzoq sabr­dan keyin 28 oktyabr kuni Erik ten Xagni iste’foga chiqardi. Shu bilan bitta g‘aroyib fakt o‘zgarmay qoldi: Matteys professional darajada har bir mavsum yangi murabbiy qo‘l ostida shug‘ullanmoqda.

Diqqat qiling, de Ligt hozir 25 yoshda va u hali biror murabbiy qo‘l ostida loaqal 100ta o‘yin marrasiga yetmagan. Futbolchi shuningdek, vaqtincha murabbiylar rahbarligida 45ta o‘yin to‘plashga ulgurdi. «Meni «Manchester»ga aynan Erik ten Xag chaqirgani rost. U bilan birga katta marralarni zabt etishni o‘ylaganim ham o‘z-o‘zidan tushunarli. Erikka shunchaki, omad kulib boqmadi. Aslida aksariyat o‘yinlarda yaxshi o‘ynadik, biroq vaziyatlardan foydalanolmaslik pand berdi. Afsus, hammasi shunday tugadi. Amorimga kelsak, u «Sporting»da jiddiy ishlarni uddaladi. Ruben «MYU»ni ham yuqori darajaga ko‘tara olishiga ishonaman. Amorim men uchun birinchi murabbiy emas va bilaman, oxirgisi ham bo‘lmaydi. Yana bir gap - «MYU» taklifini faqat ten Xag tufayligina qabul qilmagandim. O‘ylaymanki, bu klub hozir ham jahon futbolida elit guruhga mansub. Maydonda o‘z ishimni sifatli bajarsam, bas. Hozir hammasi mutlaqo o‘z o‘rnida, o‘yinim ham o‘xshayapti. Shu ruhda davom ettirishim kerak», - dedi Matteys faoliyatida murabbiy yana o‘zgarganidan keyin. Qiziq, de Ligt «la’nati» «MYU»ga katta umid va ishonch bilan taklif etilgan Ruben Amorimga qanday ta’sir ko‘rsatarkin...?

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:53, 17.12.2024.
O'qildi: 2229 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.