Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Anvarjon Hojimirzayev – «Dinamo»ning 2024 yilgi eng yaxshi o‘yinchisi!

Anvarjon Hojimirzayev – «Dinamo»ning 2024 yilgi eng yaxshi o‘yinchisi!

Baho:
+ | -

«Dinamo» PFK matbuot xizmati 18 yillik an’anasini davom ettirib, 2024 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, jamoaning 2024 yildagi eng yaxshi o‘yinchisi nomini aniqladi.

Uch hafta davom etgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Superligada 10ta gol bilan jamoa to‘purari bo‘lgan Anvarjon Hojimirzayev eng ko‘p – 3603 ta ovoz bilan (55 foiz) «Dinamo» jamoasining 2024 yildagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

«Dinamo»ning 2023 yildagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan Joel Kojo bu yil ham g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlardan biri edi va yakunda 2535 ta ovoz to‘plab (38 foiz), bu borada ikkinchi bo‘ldi.

Mavsum davomida ajoyib o‘yinlari va gollari bilan yodda qolgan Xislat Xalilov 928ta ovoz (14 foiz) va Ratinyo 651ta ovoz (9 foiz) bilan so‘rovnomada 3-4-o‘rinlarni egallashdi.

Mavsumni yaxshi o‘tkazgan Ravshanbek Yagudin (305ta ovoz, 4 %), Salim Mustafoyev (290ta ovoz, 4 %) va Dushan Miyich (187ta ovoz, 2 %) keyingi o‘rinlarni band etishdi.

Ma’lumot uchun, 2007 yildan buyon mavsum yakunlariga ko‘ra, «Dinamo»da «yil o‘yinchisi» aniqlanib kelinmoqda. Barcha laureatlar bilan tanishing:

«Dinamo»ning «yil futbolchisi» nominasiyasi g‘oliblari:

2007 yil – Farhod Tojiyev
2008 yil – Ilyos Qurbonov
2009 yil – Bahodir Nasimov
2010 yil – Ilhom Yunusov
2011 yil – [Devid Oniya]
2012 yil – Ivan Nagayev
2013 yil – Andrey Melnichuk
2014 yil – Andrey Melnichuk.
2015 yil – Kamoliddin Murzoyev.
2016 yil – Amirjon Safarov.
2017 yil – Jasur Azimov.
2018 yil – Akmal Xolmurodov.
2019 yil – Botirali Ergashev
2020 yil – Damir Temirov
2021 yil – Shohruxbek Abdurahmonov
2022 yil – Marat Bikmayev
2023 yil – Kojo Joel
2024 yil – Anvarjon Hojimirzayev

«Dinamo» PFK matbuot xizmati.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 08:43, 20.12.2024.
O'qildi: 1278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.