Rafael Leau "Verona"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
30-daqiqada milanliklar vingeri maydonga o‘tirdi va o‘zini noqulay his qilayotganini ko‘rsatdi. Tibbiyot xodimlari bilan vaziyatni muhokama qilib, maydonni tark etdi.
Portugaliyalikning o‘rniga bosh murabbiy Paulu Fonseka Teo Ernandesni maydonga tushirdi.













