Kirish Ro'yxatdan o'tish

Stam Amorimning qarorini qo‘llab-quvvatladi

Stam Amorimning qarorini qo‘llab-quvvatladi

Baho:
+ | -

Yap Stam Markus Reshford va Alexandro Garnacho o‘rtasidagi vaziyat haqida gapirdi.

Avvalroq Ruben Amorimning qaroriga ko‘ra, Reshford va Garnacho "Manchester Siti" bilan derbi (2:1) uchun "Manchester Yunayted" tarkibiga kiritilmagandi.

"Bundan ajablandim. Biz bilamizki, Reshford eng zo‘r vaqtida xavfli o‘yinchi va Garnacho o‘zining eng yuqori cho‘qqisida yaxshi o‘ynagan.

Garnacho so‘nggi paytlarda tushkunlikka tushganga o‘xshaydi, bu yangi tizim bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, Reshford esa unga parvo qilmayotgandek maydonda yuradi va bunga ishonishim qiyin.

Shiddatli futbol o‘ynamoqchi bo‘lgan murabbiy uchun yaxshi formadagi, o‘ziga ishongan yoki hech bo‘lmaganda jamoa uchun juda qattiq ishlashga tayyor futbolchilar kerak.

Agar siz murabbiy sifatida ba’zi futbolchilarning bunga qodir emasligini, shiddatga tayyor emasligini ko‘rsangiz, qattiq qarorlar qabul qilish kerak.

Bu Ruben Amorimning yaxshi tomoni va menga uning bunday qaror qabul qilgani juda yoqdi", – Stam.

Kiritildi: 09:51, 21.12.2024.
O'qildi: 944 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.