Kirish Ro'yxatdan o'tish

Simeone: "Men baxtliman"

Simeone: "Men baxtliman"

Baho:
+ | -

Diyego Simeone safarda "Barselona" ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) xursand.

"Men baxtliman, yolg‘on gapirmayapman. Jamoa ochko yo‘qotishi mumkin edi, "Barselona" juda zo‘r o‘ynadi, doimiy hujumda. Bugun bir qancha futbolchilar himoyada a’lo darajada o‘ynashdi, ayniqsa Oblak. Shu tufayli biz omon qoldik.

Ikkinchi bo‘limda biz yaxshiroq o‘ynay boshladik. Barriosda yaxshi imkoniyat bo‘ldi va hisobni tenglashtirdi. "Barselona"da qulay vaziyatlar juda ko‘p edi, ammo omad bizga yordam berdi. Shunchalik ko‘p hujumga uchraganingda sarosimaga tushishing mumkin edi, biz sabr qildik va qarshi hujumdan unumli foydalanib, ajoyib gol urdik. Syorlot ajoyib gol urdi", - deydi "Atletiko" bosh murabbiyi.

Kiritildi: 04:10, 22.12.2024.
O'qildi: 1032 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик