Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

APL. «MYU» o‘z uyida «Bornmut»ga yirik hisobda yutqazdi

APL. «MYU» o‘z uyida «Bornmut»ga yirik hisobda yutqazdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 17-turi doirasida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Bornmut»ni qabul qilib, kutilmaganda, imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Mezbonlar o‘yinni yomon boshlashmadi, jamoa 2-3ta golga tortadigan vaziyat yaratdi. Ammo hisobni mehmonlar ochishdi. O‘ng qanotdan jarima zarbasidan yetkazilgan to‘pni Din Xeysen bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Birinchi bo‘lim so‘ngida "MYU" yana 3 ta vaziyatni golga aylantira olmadi.

59-daqiqada esa "Yunayted" darvozasi tomon penalti belgiladi. Jastin Klyuyvert "standart"dan unumli foydalanib, hisobdagi farqni oshirdi.

Oradan atigi 4 daqiqa o‘tib "Bornmut" hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Qanotdan yetkazilgan uzatmani Antuan Semenyo darvozaga joylab qo‘ydi.

Amorim shogirdlari shundan keyin ham raqib darvozasi yaqinida golli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ammo bu oqshom "MYU"ga gol urish nasib etmadi va o‘z uyida yirik hisobda yutqazib qo‘ydi.

"Bornmut" ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 28 taga yetkazib, jadvalda 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "MYU" esa 22 ochko bilan 13-pog‘onaga tushib qoldi.

APL, 17-tur
Manchester Yunayted – Bornmut 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 29 Xeysen, 0:2 – 61, penalti Klyuyvert, 0:3 – 63 Semenyo.
Manchester Yunayted – Onana, Martines, Maguayr, Mazraui, Brunu Fernandesh, Diallo, Malasia (Yoro, 46), Maynu, Ugarte (Garnacho, 55), Diogu Dalot, Zirkze (Xeylund, 54).
Bornmut – Arrisabalaga, Kerkez, Xeysen, Zabarniy, Smit (Kuk, 46), Kristi, Adams (Xill, 89), Uattara, Klyuyvert (Billing, 78), Semenyo (Bruks, 89), Evanilson (Unal, 71).
Ogohlantirishlar: Smit (35), Ugarte (37), Arrisabalaga (82), Xeysen (90+1).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:08, 22.12.2024.
O'qildi: 1623 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик