"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Xarri Maguayr klubini o‘zgartirishi mumkin. Futbolchining "qizil iblislar" bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.
The Athletic xabariga ko‘ra, futbolchiga Yevropaning bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda. Ulardan biri "Napoli". 1 yanvardan boshlab Maguayr potensial ish beruvchilar bilan dastlabki muzokaralar olib borishi mumkin.
Joriy mavsumning birinchi yarmida himoyachi "qizil iblislar" safida 15 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.