Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Og‘ir atletika. Terma jamoamiz Osiyo chempionatini ikkinchi o‘rinda yakunladi!

Og‘ir atletika. Terma jamoamiz Osiyo chempionatini ikkinchi o‘rinda yakunladi!

Baho:
+ | -

Bugun Qatar poytaxti Doha shahri mezbonlik qilgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.

20 ta davlatdan 270 dan ortiq yosh polvonlar ishtirok etgan qit’a birinchiligida terma jamoamiz a’zolari ham munosib qatnashdi.

Jumladan, qizlar orasida Marjona Abdumutalova hamda Nigora Suvonova, o‘g‘il bolalar o‘rtasida esa Abdulaziz Alimjanov, Bekzod G‘ofurjonov va Omadillo Olimov barcha dasturlarda oltin medalga sazovor bo‘lib, o‘z yosh toifalarida Osiyoda tengsiz ekanliklarini yana bir bor isbotlashdi.

Shuningdek, Nigora Abdullayeva, Zulfiya Ramazonova, Ziyoda Xudoyqulova, Diyorbek Ro‘zmetov, Boburmirzo Yoqubov, Behruzbek Ganjaboyev, Nodirbek Jo‘rayev, Ruslan Raxmatjonov va Qudratbek Salimjonov ham qit’a chempionatida shohsupaga ko‘tarilib, sovrindorlar safidan joy oldi.

Yakunda esa O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ochkolar hisobiga ko‘ra Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Delegasiyamiz musobaqani 27 ta oltin, 27 ta kumush va 10 ta bronza, jami 64 ta medal bilan yakunladi.

Musobaqadagi eng muhim voqeani o‘smirlar o‘rtasida -89 kg vazn toifasida supachaga ko‘tarilgan Bekzod G‘ofurjonov qayd etdi. Namanganlik yosh polvonimiz delegasiyamiz hisobiga 3 ta oltin medalni qo‘shib qo‘yish bilan bir qatorda o‘smirlar o‘rtasida dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va ikkikurashda Osiyo rekordini o‘rnatdi.

Bundan tashqari siltab ko‘tarishda 194 kg toshni bo‘ysundirgan holda o‘smirlar o‘rtasida Jahon rekordini bir kilogrammga yangilashga muvaffaq bo‘ldi!

Qayd etish lozimki, shu oy boshida Bahraynda bo‘lib o‘tgan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham o‘zbek polvoni – Ruslan Nurudinov 242 kg natija qayd etgan holda o‘ziga tegishli bo‘lgan Jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo‘lgan edi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay yosh sportchimiz Bekzod G‘ofurjonov ham tengdoshlari orasida dunyo rekordini o‘rnatdi.

Bu esa o‘z navbatida o‘zbek og‘ir atletikasida Ruslan Nurudinov, Akbar Jo‘rayev kabi Olimpiya va Jahon chempionlari, Jahon rekordchilariga munosib izdoshlar yetishib chiqayotganidan dalolatdir.

Kiritildi: 22:57, 25.12.2024.
O'qildi: 808 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик