"Liverpul" vingeri Federiko Kyeza qishki transfer oynasida klubini almashtirishi mumkin.
Tutto Atalanta xabariga ko‘ra, "Atalanta" italiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda va tez orada "Liverpul"ga Kyezani mavsum oxirigacha ijaraga olish taklifi bilan chiqadi.
Qayd etilishicha, kelishuv futbolchini sotib olish huquqini ham o‘z ichiga oladi.