Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Doniyor Abdumannopov: "Barcha futbolchilar uchun faoliyatida yangi sahifa ochiladi"

Doniyor Abdumannopov: "Barcha futbolchilar uchun faoliyatida yangi sahifa ochiladi"

Baho:
+ | -

"Andijon" klubining qishki seleksiyadagi ilk transferiga aylangan Doniyor Abdumannopov yangi mavsumda yana o‘zining qadrdon jamoasi libosida to‘p tepadi.

24 yoshli futbolchi 2024 yilgi mavsumda "Paxtakor" tarkibida Superliga, Kubok va OCHL bahslarida hammasi bo‘lib 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 4 ta gol urib, 4 ta assistni amalga oshirdi.

Doniyor butun diqqat-e’tiborini yana "Andijon"ga qaratgan. Uning maqsadlari katta. "Andijon" matbuot xizmati esa Abdumannopovdan intervyu oldi.

- Doniyor "Andijon" klubiga qaytganingiz bilan tabriklayman. Qachondir qaytishingiz haqida o‘ylarmidingiz?

- Jamoamga qaytganimdan xursandman. "Andijon"ga qaytishga doim tayyor bo‘lganman. Shuning uchun keldim va qaytganimdan xursandman.

- Bungacha "Navbahor" va "Paxtakor" bilan OCHLda to‘p surdingiz. Endi "Andijon" safida ham OCHLda ishtirok etish imkoniyatiga egasiz. "Burgutlar"ni xalqaro maydonda qanday tasavvur qilyapsiz?

- Albatta, jamoa OCHLda birinchi marta ishtirok etadi. O‘ylaymanki, barcha futbolchilar uchun faoliyatida yangi sahifa ochiladi. Imkoniyatlar bo‘ladi, muxlislar bilan ajoyib atmosferada ikki barobar kuch bilan harakat qilamiz. Xudo xohlasa, maksimal darajada kurashamiz.

- Oldin "Andijon"da o‘ynaganingizda yosh, iqtidorli Abdumannopov edingiz, endi esa tajribali Abdumannopov sifatida qaytdingiz. Bu borada nima deya olasiz?

- Ha, ilgari "Andijon"da o‘ynagan paytlarim eng zo‘r davrlar bo‘lgan. Jamoadan ketayotganimda "Bobur arena"da muxlislar bilan xayrlashgandim. Hozir esa yana o‘sha xayrlashgan ishqibozlar oldida to‘p surish juda yoqimli.

- Muxlislar sizdan ko‘p narsa kutishyapti. Ularni xursand qilish uchun qanday gapingiz bor?

- Ularni xursand qilish uchun, sizlar eng zo‘risizlar. Biz esa maydonda xursand qilishga harakat qilamiz.

- "Paxtakor"dagi faoliyatingiz nimasi bilan yodda qoldi, sizda?

- "Paxtakor" o‘z nomi bilan "Paxtakor". Men hali bunday har tomonlama professional klubda ishlamadim. Bir yil ichida o‘zim uchun kerakli ko‘p narsa oldim. Klubdagi hamma muxlislarga rahmat aytaman.

Kiritildi: 17:33, 26.12.2024.
O'qildi: 1032 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик