Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Magnus Karlsen rapid va blis bo‘yicha Jahon chempionatlaridan voz kechdi!

Magnus Karlsen rapid va blis bo‘yicha Jahon chempionatlaridan voz kechdi!

Baho:
+ | -

Shaxmat bo‘yicha Nyu Yorkda o‘tkazilayotgan jahon chempionati bosh hakami Magnusni kiyinish qoidalarini buzgan deb hisoblab, uni kiyimini almashtirishga chaqirgan. Bunga norozilik sifatida sobiq jahon chempioni joriy tezkor (rapid) chempionatidan chiqib ketdi va blis turnirida ham qatnashmasligini ma’lum qildi.

Magnus jurnalistlarga shunday izoh berdi:

«Men ertaga kiyimimni almashtirishimni aytdim... lekin ular hoziroq almashtirishingiz kerak, deyishdi. Bu men uchun prinsip masalasi bo‘lib qoldi – shuning uchun ham bu yerga kelib qoldik! Rostini aytsam, men bunday narsalarga tashvishlanish uchun endi juda qarib qoldim. Agar ular xohlayotgan narsa shu bo‘lsa, ehtimol, men ob-havosi yoqimliroq bo‘lgan joyga ketaman. Men blisda o‘ynamayman. Bularning barchasi uchun o‘zimni judayam keksa his qilyapman. Men FIDE'dan charchadim va ular bilan boshqa hech qanday ish qilmoqchi emasman. Tomoshabinlarning hammasidan uzr so‘rayman, ehtimol bu noto‘g‘ri ishdir», – deydi Karlsen jurnalistlarga bergan intervyusida.

Ushba masala yuzasidan FIDE quyidagicha bayonot berdi:

"Rapid va Blis Jahon chempionatlari uchun FIDE reglamenti, jumladan kiyinish qoidalari, barcha ishtirokchilar o‘rtasida professionallik va adolatni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Bugun janob Magnus Karlsen uzoq yillik qoidalarga binoan taqiqlangan jinsi shim kiyib, kiyinish qoidalarini buzdi. Bosh hakam Karlsenni bu holatdan xabardor qilib, 200 dollar jarima solgan holda kiyimini almashtirishni so‘radi. Afsuski, Karlsen rad javobini bergani uchun u to‘qqizinchi turga qo‘yilmadi. Ushbu qaror xolisona qabul qilindi va barcha o‘yinchilarga birdek tatbiq etiladi.

Avvalroq, yana bir ishtirokchi – janob Yan Nepomnyashchiiy ham sport poyabzali kiyib, kiyinish qoidalarini buzganligi uchun jarimaga tortildi. Biroq u darhol bu qoidalarga bo‘ysunib, ruxsat etilgan kiyimga o‘tdi va turnirda ishtirokini davom ettirdi.

Kiyinish qoidalari FIDE Sportchilar komissiyasi a’zolari – professional o‘yinchilar hamda mutaxassislar tomonidan tayyorlangan. Bu qoidalar bir necha yillardan buyon amal qilib keladi va barcha ishtirokchilar ularni yaxshi bilishadi, shuningdek har bir musobaqa oldidan bu talablar ular qayta e’lon qilinadi. FIDE, o‘yinchilarning yashash joyi o‘yin zalidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda bo‘lishini ham ta’minlab, qoidalarga rioya qilishni osonlashtirgan.

FIDE shaxmatni va uning qadriyatlarini, xususan, barcha ishtirokchilar qabul qiladigan qoidalarga hurmatni targ‘ib qilishga sodiq bo‘lib qoladi", — deyiladi FIDE tarqatgan bayonotda.

Manba: https://t.me/uzchess
Kiritildi: 08:57, 28.12.2024.
O'qildi: 1738 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик