Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

De Yong "Barselona"ning yangi shartnoma taklifini e’tiborsiz qoldirdi

De Yong "Barselona"ning yangi shartnoma taklifini e’tiborsiz qoldirdi

Baho:
+ | -

"Barselona"ning 27 yoshli yarim himoyachisi Frenki de Yong Kataloniya klubining 2026 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirish taklifiga javob bermadi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyatining aksariyati niderlandiyalik futbolchini sotish tarafdori. De Yong "Barselona"ning asosiy o‘yinchisi hisoblanmaydi. Klub hali ham yarim himoyachini yuqori saviyali futbolchi deb hisoblaydi, biroq u so‘nggi mavsumlarda o‘zini namoyon qila olmadi.

Joriy mavsumda de Yong barcha musobaqalarda 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 13:54, 28.12.2024.
O'qildi: 941 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик