Kristian Pulishich yangi jarohati sabab "Roma"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Bu haqda "Milan" bosh murabbiyi Paulu Fonseka ma’lum qildi.
Dekabr oyi boshida mushak jarohatidan tuzalib ketgan amerikalik to‘pig‘ini jarohatlagandi. "Chelsi" va Dortmundning "Borussiya" klublarining sobiq futbolchisi yakshanba kuni "Roma"ga qarshi o‘yin uchun tarkibga kiritilmaydi.
"Milan" Pulishich Italiya Superkubogi uchun qaytishiga umid qilmoqda.