"Milan"ning o‘ng qanot himoyachisi Davide Kalabriya faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.
28 yoshli futbolchining "rossonerilar" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi va klub, ma’lumki, sardori bilan shartnomasini yangilamoqchi emas.
Jurnalist Matteo Morettoning so‘zlariga ko‘ra, Kalabriyaning potensial transferi haqidagi ma’lumotni "Yuventus" "Milan"dan so‘ragan.
"Keksa sinyora" rahbariyati futbolchini erkin agent sifatida taklif etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.