Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Konseysau: "Milan"ning o‘z tarkibini tez-tez o‘zgartirishi xato"

Konseysau: "Milan"ning o‘z tarkibini tez-tez o‘zgartirishi xato"

Baho:
+ | -

Italiyaning "Milan" klubida portugaliyalik mutaxassis Serxiu Konseysau yangi murabbiy sifatida paydo bo‘ldi.

U Italiya chempionatida uzoq vaqt to‘p tepgan Xuan Sebastyan Veronga yaxshi tanish va 2000 yilda "Lasio" bilan A Seriya chempioniga aylangandi.

Veron Konseysauning yangi klubidagi ilk ish davri qanday bo‘lishi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi. 

"O‘ylaymanki, u vaziyatga biroz oydinlik kiritishga harakat qiladi. Hech qanday radikal o‘zgarishlarsiz maydonga kiradigan bitta tuzilmani aniqlab olish kerak.

Uning to‘g‘ri yo‘lda ekanligiga ishonch paydo bo‘lganda, ba’zi o‘zgarishlar bo‘ladi. Tarkibni tez-tez o‘zgartirish, menimcha, xato.

"Inter"ni qarangki, ular aynan o‘z tarkibidagi barqarorlik evaziga o‘z natijalariga erishmoqda", - deya Veronning so‘zlarini keltirmoqda pianetamilan.it.

Kiritildi: 10:30, 02.01.2025.
O'qildi: 605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик