Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/01 00:45 Verona 0-0 Udineze
05/01 16:30 Monsa 1-2 Kalyari
05/01 19:00 Fulhem 2-2 Ipsvich
05/01 19:00 Lechche 0-0 Jenoa
05/01 21:30 Liverpul 2-2 Man. Yunayted
05/01 22:00 Torino 0-0 Parma
06/01 00:45 Roma - Lasio
07/01 01:00 Vulverhempton - Nottingem Forest

Superliganing 4 ta klubi 2025-yilgi mavsumni qaysi arenada o‘tkazishi ma’lum emas

Superliganing 4 ta klubi 2025-yilgi mavsumni qaysi arenada o‘tkazishi ma’lum emas

Baho:
+ | -

O‘tgan yilning 11-dekabr kuni Liga OAV bilan ochiq muloqot o‘tkazib, uning asosiy qismida stadionlar masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, 13-dekabr kuni “Superliga va Proliga reglamenti”ga kiritilayotgan o‘zgarishlar klublarga taqdim etildi.

Ma’lumki, Superliga ishtirokchisi bo‘lgan klub yangi mavsumni qaysi stadionda o‘tkazishi masalasini taqvim yilining 25-dekabr sanasiga qadar hal qilishi lozim. 11 ta klub mazkur masalani aniqlab oldi. Elitada o‘ynaydigan yana 4 ta klubda esa muammolar mavjud.

Liga Andijon klubining "Bobur arena"da o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazishi masalasini anglatuvchi uch tomonlama shartnomani olgani yo‘q. Klub va stadion o‘rtasidagi muammo hal etilmaguniga qadar Andijon masalasi ochiq qoladi. Boisi, stadion klubga qarashli hisoblanmaydi.

Qo‘qon-1912 klubi o‘z uy uchrashuvlarini Qo‘qon shahridagi stadionda o‘tkazishini ma’lum qilgan. Biroq mazkur stadion Superliga bellashuvlarini o‘tkazish uchun Liga tomonidan qabul qilib olinmagan. O‘tgan davr davomida stadion maysasi, uning drenaj va sug‘orish tizimi yangilangani Ligaga ma’lum.

Stadion yoritgichlarining bugungi holati qayta o‘lchanishi lozim. Ayni vaqtda eng muhim masalalalardan biri maydon atrofini sportchini jarohatlardan himoya qiluvchi qoplama bilan jihozlash hisoblanadi. Qayd etish kerak, o‘tgan mavsumning may oyida Dinamo stadioni bilan ham xuddi shunday muammo kuzatilgan bo‘lib, yakunda maydon atrofi Liga talab qilgan ko‘rinishga keltirilgan va shundan keyingina Dinamo uy uchrashuvlarini Samarqandda o‘tkazishni boshlagandi.

Dinamo stadioni test tariqasida Superliganing 1 ta uchrashuvini qabul qiladi. Buxoro klubi o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazishni rejalashtirgan stadion joriy yilning 20-fevral sanasiga qadar tayyor bo‘lishi yuzasidan kafolat bergan. Biroq Liga stadionga egalik huquqi mavjud bo‘lmagan klub kafolatini qabul qilmaydi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentyabr oyida Buxoro viloyati hokimligi ham dekabr oyiga qadar barcha masala hal bo‘lishini bildirgan bo‘lsa-da, hozirga qadar stadion bilan bog‘liq qator muammolar yechilmagan.

Buxoro istisno tariqasida Proliganing 1 ta uchrashuvini o‘z shahrida o‘tkazadi. Muborakning Mash’al klubi Superliga yo‘llanmasi qo‘lga kiritilsa, Bahrom Vafoyev stadioni elita bellashuvlarini qabul qila olmasligi masalasidan xabardor bo‘lgan. Shundan kelib chiqib, klub Qarshi va Buxoro shahridagi stadionlar bilan muzokara olib borilayotganini ma’lum qilgan. Qayd etish kerak, Qarshidagi stadiondan foydalanuvchi ikkinchi klub Sho‘rtan bo‘ldi. Shundan kelib chiqib, Nasaf klubiga qarashli stadionda uchinchi klub o‘ynay olmaydi. Buxoro shahridagi stadion masalasida esa yuqorida to‘xtalib o‘tildi.


Liga Qo‘qon va Buxoro shaharlaridagi stadionlar fevral oyining birinchi o‘n kunligida Superliga uchun tayyor holatga kelishiga umid bildiradi. Biroq musobaqaga qur’a tashlash va boshqa faktorlardan kelib chiqib, rasman qabul qilib olinmagan stadionni Superliga uchun ro‘yxatdan o‘tkazmaydi. Agar stadionlar joriy yilning 10-fevral sanasiga qadar Liga tomonidan qabul qilib olinsa, u holda mazkur klublar mavsumni o‘z shahrida boshlashi mumkin bo‘ladi. Biroq bu masala konkret hal qilinmaguniga qadar klublar Superliga talabiga javob beradigan boshqa stadionni vaqtinchalik Liga ro‘yxatidan o‘tkazishi lozim bo‘ladi.


Shundan kelib chiqib, Andijon, Buxoro, Qo‘qon-1912 va Mash’al klublariga joriy yilning 15-yanvar sanasiga qadar so‘nggi muhlat beriladi. Mana shu sanaga qadar stadion masalasi hal etilmasa, reglament talabini o‘z vaqtida va keyingi ogohlantirishgacha bajarmagani uchun ularga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi. Shuningdek, Superliganing yangi mavsumini mazkur klublar faqatgina safardagi o‘yinlar bilan boshlashi masalasi kun tartibiga kiritiladi. Bunda safarda majburiy ravishda o‘tkazilgan o‘yinlar o‘rni keyinchalik to‘ldirib berilmaydi.

Kiritildi: 13:32, 03.01.2025.
O'qildi: 573 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.