Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Slot: "Trent bor e’tiborini "Liverpul"ga qaratgan"

Slot: "Trent bor e’tiborini "Liverpul"ga qaratgan"

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot o‘zining himoyachisi Trent Aleksander-Arnold bor e’tiborini "qizillar"da o‘ynashga qaratganini aytdi.

Oxirgi haftada Aleksandr-Arnoldning kelajagi haqidagi mish-mishlar avj oldi. Mish-mishlarga ko‘ra, Madridning "Real" klubi qishki mavsumda Trent uchun so‘rov yuborgan, ammo taklif emas.

Biroq, Slotning ishonchi komilki, bu 26 yoshli angliyalik futbolchini hafta oxirida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda "Liverpul" tarkibida o‘ynashdan chalg‘itmaydi.

"Sizga shuni aytishim mumkinki, u yakshanba kuni o‘ynaydi va umid qilamanki, u oxirgi olti oydagidek yaxshi o‘ynaydi.

Menimcha, hamma uning mavsumning birinchi yarmida qanchalik ajoyib o‘ynaganini, biz uchun o‘ynashga e’tiborini qaratganini, bu yerda bo‘lishni qanchalik xohlayotganini ko‘rdi.

Men uni mashg‘ulotlarda ko‘raman va har kuni qanday ishlayotganini ko‘raman. U to‘liq e’tiborini bizga qaratgan va yakshanba kuni o‘ynaydi", - dedi Slot BBC bilan suhbatda.

Kiritildi: 22:45, 03.01.2025.
O'qildi: 828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик