"Yuventus" vingeri Kenan Yildiz Italiya Superkubogi yarim finalida "Milan"ga qarshi o‘yinda hisobni ochdi, ammo yakunda jamoasi baribir mag‘lub bo‘ldi - 1:2.
19 yoshli turkiyalik futbolchi o‘yinning 21-daqiqasida raqib darvozasiga to‘p kiritdi.
Bu Yildizning Italiya Superkubogidagi ilk uchrashuvidagi ilk goli bo‘ldi. U avvalroq A Seriya, Chempionlar ligasi, Italiya kubogi va Turkiya terma jamoasidagi debyutida gol urgan.