Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Pedru Moreyra va uning murabbiylar shtabi "Paxtakor" a’zolari bilan tanishdi

Pedru Moreyra va uning murabbiylar shtabi "Paxtakor" a’zolari bilan tanishdi

Baho:
+ | -

Pedru Moreyra va uning murabbiylar shtabi "Paxtakor" a’zolari bilan tanishdilar.

Portugaliyalik mutaxassis Antaliyada jam bo‘lgan futbolchilar bilan yaqindan tanishish maqsadida uchrashuv tashkil qildi.

"Biz bu yerga Sizlar bilan katta ishni bajarish uchun to‘plandik. Imkon qadar "Paxtakor"dagi o‘yinlaringizni ko‘rib, sizlar bilan tanishishga harakat qildim. Qolgan ma’lumotni mashg‘ulot va o‘rtoqlik o‘yinlarida olamiz. Klub raisi Jahongir Abidovichning taklifiga ko‘ra, katta murabbiylar jamoasi bilan Toshkentda ish boshlaydigan bo‘ldik. Mening va do‘stlarimning maqsadi Sizlar bilan yuqori natijalarga erishish. Siz "Paxtakor"siz, bu klubni o‘rganar ekanman, o‘zbek futbolining ustuni ekanligiga amin bo‘ldim. Bunday katta jamoada ishlash biz uchun ham sharaf", - deydi Moreyra.

Xabaringiz bor, jamoamiz negizi saqlab qolindi. Sergeev va Bashar bilan hujum chizig‘imizning sifati oshdi. Bu futbolchilarning bariga ishonch bildirishni aynan yangi murabbiy aytib o‘tgan.

"Agar biz barcha vazifalarni o‘z vaqtida bajaradigan bo‘lsak, ishoning, bizdan kuchlisi bo‘lmaydi. Men bu yerga kelib, Siz o‘rganib qolgan hamma narsani o‘zgartirib yubormayman. Qayerdadir biz Sizlarga, qayerdadir, Siz bizlarga moslashasizlar. Futbol jamoaviy o‘yin, ishimiz ham shunday birgalikda bo‘lishi kerak. Yil oxirida mana shunday kayfiyatda g‘alabalarni tahlil qilish haqida o‘ylashimiz kerak", - deya bosh murabbiy tug‘ilgan kunini nishonlayotgan
Ulug‘bek Hoshimovni tabrikladi.

Delegasiya rahbari, klub raisi o‘rinbosari Dilshod Karimov murabbiyni tanishtirar ekan, quyidagi gaplarni aytib o‘tdi:

- Biz bir tanu, bir jon bo‘lishimiz kerak. Shundagina ahil oila sifatida shakllanamiz. Bu juda muhim. Agar Siz bir-biringizni qo‘llab-quvvatlab, bir oila bo‘ling. Klubimiz raisining Sizlardan talab qiladigan yagona narsasi muxlislarga yoqadigan chiroyli o‘yin ko‘rsatish. Shu yerga "Paxtakor" bilan yetib keldingizmi, demak Siz eng zo‘rlarisiz. Buni maydonda isbotlashingiz qoldi.

Kiritildi: 12:27, 04.01.2025.
O'qildi: 759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик