Madridning “Real” klubi himoyachisi Eder Militao noyabr oyi o‘rtalarida o‘tkazilgan tizzasidan operasiya qilinganidan keyin tiklanishda davom etmoqda.
Militao Rojdestvo uchun Braziliyaga uchmadi. U tiklanishning bir kunini ham behuda sarflamoqchi emas. “Real” futbolchiga Braziliyaga uchib ketishga ruxsat berdi, biroq u Ispaniyada qolishga qaror qildi.