"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Barbastro"ga qarshi o‘yinda (4:0) markaziy himoyachi Ronald Arauxoning o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Urugvaylik futbolchi iyul oyidan buyon maydonga tushmagan bo‘lsa-da, Ispaniya kubogi bahsida final hushtagi yangraguncha o‘ynay oldi.
"Arauxo yaqinda jiddiy jarohatidan forig‘ bo‘ldi, ammo bugun uning darajasini ko‘rish mumkin edi. Men u bilan ikkinchi bo‘limda 90 daqiqa o‘ynashga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilish uchun aloqada bo‘ldim. Men uni diqqat bilan kuzatdim", dedi Flik o‘yindan keyingi intervyusida.