"Napoli" bilan 23 yoshli vinger Xvicha Kvarasxeliya transferi bo‘yicha muzokara olib borayotgan "PSJ" gruziyalik futbolchi uchun Neapol klubi so‘ragan 80 million yevroni to‘lamoqchi emas.
Bu haqda jurnalist Fabris Xokins X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Manbaning yozishicha, fransuz grandi ayni damda Kvarasxeliya bilan shartnoma imzolashning optimal formulasini izlamoqda. Hujumchining o‘zi "PSJ"ga o‘tmoqchi.