Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Sayyorlik namunasi yoxud noyob tarix

Sayyorlik namunasi yoxud noyob tarix

Baho:
+ | -

Futbol dunyosida butun professional faoliyatini 1ta klubga bag‘ishlagan va chinakam sadoqat ramziga aylangan nomdor o‘yinchilar juda kam.

Bunday chiroyli yo‘l kamdan-kam futbolchilarga nasib etadi. Ayniqsa, yirik klublarda «qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha» o‘ynash qiyin masala. Shuning barobarida deyarli har yili jamoa almashtiradigan futbolchilar ham ko‘p emas. To‘g‘ri, har yozda yangi shartnoma umidida taklif kutadigan «sayyor» futbolchilar topiladi, albatta. Jumladan, bugungi maqola qahramoni 27 yillik professional faoliyati davomida naqd 32ta klubda o‘ynashga ulgurgan. Urugvaylik Sebastyan Abreu shu natijasi o‘laroq, tarixga kirgan.

*** 

Vashington Sebastyan Abreu Galo (to‘liq ism-sharifi) 1976 yilning 17 oktyabr kuni Urugvayning Minas shahrida tug‘ilgan. Bolaligidan beqaror tabiati bilan ajralib turgan Sebastyan futbolga ilk qadamlarini jinoyatchilik nuqtai nazaridan ancha xavf­li sanalgan ona shahrining chang ko‘chalarida qo‘yadi. Avvaliga tengdoshlari bilan shunchaki, vaqt o‘tkazish uchun to‘p ortidan yugurgan bolakay oradan ko‘p o‘tmay, futbolga nisbatan kuchli mehr his etadi va astoydil shug‘ullanishga qasd qiladi. Shu asnoda mahalliy «Defensor» maktabida tahsil olib, 1994 yili professional faoliyatini aynan shu klubda boshlaydi. Abreu bu jamoa safida 2 yil to‘p suradi - 24ta o‘yinda 12ta gol. 1996 yili esa urugvaylik hujumchi qo‘shni yurt - Argentinaga yo‘l olib, «San-Lorenso» klubi safiga qo‘shiladi. Sebastyan bu jamoada ham ikki mavsum o‘ynaydi, asosiysi, ancha  samarador (jami 45ta uchrashuvda 26ta gol) hujumchi o‘laroq ko‘zga tashlanadi. Argentinadagi muvaffaqiyat Abreuning kuchiga kuch, ishonchiga ishonch qo‘shadi va u o‘z oldiga yevrofutbolni zabt etish maqsadini qo‘yadi.

*** 

Shu orada urugvaylik iqtidorli yigitga «Deportivo»dan aniq taklif ham tushadi. Sebastyan esa uzoq o‘ylanib o‘tirmay, Ispaniya jamoasi bilan shartnoma tuzadi darhol. Biroq ilk urinish omadsiz chiqadi, ya’ni La-Korunyada Abreuning ishlari sira yurishmaydi. Oqibatda salohiyati yuqori baholangan hujumchi uchun ijara safarlari, har yili klub almashtirish - sargardonlik boshlanadi. «Loko» (ispanchada - «telba») laqabini orttirgan Abreu shunga qaramay, ham klublar, ham terma jamoada sermahsul o‘ynashda davom etadi. Deylik, u Urugvay milliy jamoa­sidagi 15 yillik faoliyati mobaynida 2ta mundialni ko‘radi - 2002 yili J.Koreya va Yaponiya, 2010 yili esa JARda o‘tkazilgan jahon chempionati. Xususan, Afrikada mehmon bo‘lgan mundialda jamoasi bilan yarim finalgacha yetib boradi. Sebastyan shuningdek, 1997, 2007 va 2011 yillarda o‘tkazilgan Amerika kubogi final bosqichida qatnashadi. 2011 yili esa turnir g‘olibiga aylanadi. Aytgancha, «El-Loko» JCH-2010 chorak finalida Gana termasi darvozasiga penaltidan «panenka» uslubida gol urib, jamoasining yarim finalga chiqishiga katta hissa qo‘shgandi. Umuman, Abreu Urugvay milliy jamoasidagi yurishini 30ta gol bilan yakunlaydi. U bu natija bilan jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 4-o‘ringa joylashgan edi (ma’lumot uchun, hozirgi rekordchi Luis Suares hisobida 68ta gol bor). Biroq 2011 yilning boshida Abreu tomonidan milliy jamoa uchun urilgan gollar qayta hisoblab chiqiladi va uning statistikasi biroz pasaytiriladi (26ta gol).

***

Sebastyan Abreu «Nasyonal» klubi va Urugvay terma jamoasiga nisbatan muhabbati bilan ham alohida tanilgan. U qaysi klubda o‘ynamasin, o‘z mamlakati bosh jamoasiga bog‘liq qaysidir element yopishtirilgan futbolkada maydonga tushardi. Bundan tashqari, Abreu har doim o‘zi bilan videokamera olib yurish va shaxsiy arxivi uchun o‘yinlarni yozib olishga odatlangan edi. Futbolchi telbavor harakatlari ortidan jabr ham ko‘radi: Braziliyaning «Figeyrense» klubi safida harakatlangan vaqt «Flamengo»ga qarshi o‘yinda formasi ostidan «Botafogo» (yana bir sobiq jamoasi) maykasini kiyib oladi. Boz ustiga, o‘yin davomida «Botafogo» logotipini o‘padi. Bunday xatti-harakat uchun hujumchi 1ta o‘yinga diskvalifikasiya qilinadi. 

*** 

Qahramonimiz 2016 yilning aprel oyida Salvadorning «Santa Tecla» jamoasi boshqaruvini qo‘lga olish bilan murabbiylikka o‘tadi. Biroq atigi 1 oydan so‘ng Salvadorda mavsum yakunlanadi va Abreu kutilmaganda, futbolchilik faoliyatini qayta tiklashini e’lon qiladi. 2019 yilning ikkinchi yarmida esa o‘z vatanida «Boston River» klubi libosini kiyadi. Dekabr oyiga kelib, Abreu bu klub bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangani oydinlashadi. Ammo bu hali hammasi emas: Abreu 2021 yili yana futbolchilikka qaytadi va «Sud Amerika» jamoasidagi 4 oylik faoliyatdan keyin, 11 iyun kuni butsalarini rasman mixga ilgani haqida bayonot beradi. Shu bilan «aytdim-qaytdim» o‘yini tugamaydi: Sebastyan 23 sentyabr kuni mixga ilingan butsasini qayta kiyib, yashil maydonga qaytadi. U bu safar ona shahri - Minasning «Olimpiya»si sharafini himoya qilishni lozim topgan va yagona o‘yinda gol urgandi. Xullas, Abreuning futboldagi butun yo‘li shunday qiziqarli, ajoyib va antiqa voqealarga boy.

*** 

Mazkur maqolada jahongashta futbolchi faoliyatidagi eng qiziqarli va e’tiborga molik jihatlarga to‘xtaldik iloji boricha. Yo‘q, sarguzashtlarga moyil futbolchini qoralash ham noo‘rin. Zero, Sebastyan Abreuning faoliyati ancha yorqin. Har holda, Urugvay terma jamoasida ham, klublar miqyosida ham sermahsul o‘yin ko‘rsatib, bir necha marta to‘purar maqomiga erishgan. Shunchaki, ayt­moqchimizki, har yili klub almashtiradigan, «u shoxdan bu shoxga» qabilida ish tutadigan futbolchilar faoliyati har doim ham Abreuniki kabi yaxshi chiqmaydi.

HUMOYUNMIRZO tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:51, 10.01.2025.
O'qildi: 3926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик