"Inter"ning ikki futbolchisi sog‘lig‘ida muammo bor.
Yann Bissek Italiya Superkubogi finalida "Milan"ga qarshi o‘yinda (2:3) jarohat oldi. Unga chap sonning adduktor mushaklarining zo‘riqishi tashxisi qo‘yilgan. «Football Italia» «Sky Sport Italia» nashriga tayanib xabar berishicha, futbolchi 15-20 kun maydonga tusha olmasligi mumkin.
Kecha Genrix Mxitaryan ham mashg‘ulotlarni erta yakunladi, deb xabar beradi «Calciomercato». U bugun tekshiriladi. Armanistonlik futbolchi 12 yanvarga belgilangan A Seriyada "Venesiya" bilan o‘yinni o‘tkazib yuborish xavfi bor.













