Kirish Ro'yxatdan o'tish

Zirkzee "Manchester Yunayted"da qolmoqchi

Zirkzee "Manchester Yunayted"da qolmoqchi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" markaziy hujumchisi Joshua Zirkzee qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirish niyatida emas. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 23 yoshli niderlandiyalik futbolchi "Manchester Yunayted"ga jamoada qolishni va joriy mavsumning ikkinchi yarmida o‘zini ko‘rsatishga harakat qilishini aytgan. "Yuventus" forvardni kuzatishda davom etayotgani aytilmoqda, biroq tomonlar o‘rtasida hozircha muzokaralar bo‘lmagan.

Joriy mavsumda Zirkze barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:46, 11.01.2025.
O'qildi: 1222 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик