Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

O‘zPFL "Nasaf" taklifini qabul qilmadi

O‘zPFL "Nasaf" taklifini qabul qilmadi

Baho:
+ | -

"Nasaf" klubi “Superliga va Proliga reglamenti”ning 14.13-bandiga o‘zgartirish kiritish taklifi bilan chiqqan bo‘lib, bunda ma’lum klubning boshqa bir klubga ijaraga berishi mumkin bo‘lgan futbolchilari sonini uch va undan ko‘proq qilish so‘ralgan. Reglamentda esa mazkur masala ikki kishilik holat bilan tartibga solingan.

O‘z vaqtida poytaxt klublari keragidan ko‘p futbolchi bilan shartnoma imzolab, asosiy tarkibning mavsum uchun qaydnomasiga kira olmagan futbolchilarini boshqa klublarga ijara bergan va o‘zaro o‘yinlarda raqib jamoaning tarkib tanlashi masalasiga bevosita ta’sir ko‘rsatishga uringan. Ayniqsa, bir klubning boshqa bir klubga 7-8 nafar futbolchini ijaraga berishi Ligani shubhalantirgan o‘yinlar sonining oshishiga olib kelgan.

Shundan kelib chiqib, Liga mazkur masalani ikki usul bilan tartibga solgan. Ya’ni, klub bir mavsum uchun 45 nafargacha futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Bunda 2002 yildan katta futbolchilar soni 23 nafardan oshmasligi shart. Shuningdek, klubda 2006 yil va undan keyin tug‘ilgan qator iqtidorlar bo‘lsa, ular limitdan tashqari ro‘yxatga kiritilishi mumkin. Biroq bunda ro‘yxatdan o‘tgan futbolchilar soni umumiy 60 nafardan oshib ketmasligi lozim. Yosh iqtidorlari yanada ko‘proq klubga Liga talablarini bajarish shartida o‘z farm jamoasini tashkil etish imkoniyati ham berilgan.

Tartibotning ikkinchi qismida esa biror klub o‘zi bilan bir ligada harakat qilayotgan istalgan klubga 2 nafardan ortiq futbolchini ijaraga bera olmasligi qayd etilgan. Shuningdek, ma’lum bir klubning shu musobaqada ishtirok etayotgan ko‘plab klublarga ta’sirini kamaytirish maqsadida shu klubning ijaraga berishi mumkin bo‘lgan futbolchilarining umumiy soniga nisbatan cheklov kiritilgan — 6 nafargacha.

Masalaning boshqa tomonida esa klub o‘zga ligadagi klublarga istalgancha futbolchi berishi uchun yo‘l ochilgan. Shuningdek, yosh iqtidorlarga sharoit yaratish maqsadida ijaraga berilayotgan futbolchi 2003 yil va undan kichik bo‘lsa, klub yuqorida qayd etilgan 6 nafarlik cheklovdan tashqari ham futbolchilarini ijaraga berishi mumkin ekanligi ko‘rsatilgan.

Shularni inobatga olgan holda Liga "Nasaf" taklifini qabul qilmadi. Klublardagi sharoit, homiy tashkilotlar tasdiqlayotgan smeta, klublarning o‘zaro munosabatlari Ligaga yaxshi ma’lum. Musobaqa nisbatan murosasiz va sog‘lom raqobatda o‘tishi Liga uchun juda muhim hisoblanadi.

Kiritildi: 11:02, 13.01.2025.
O'qildi: 2447 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.