Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Salim Abduvaliyev sport kurashlari assosiasiyasi rahbarligidan olindi

Salim Abduvaliyev sport kurashlari assosiasiyasi rahbarligidan olindi

Baho:
+1 | -
Shu kunga qadar O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelgan Salim Abduvaliyev lavozimidan olindi.

U 2024 yil 19 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining hukmiga ko‘ra, JKning 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-bandi bilan aybdor deb topilgan va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Biroq kun.uz nashrining ma’lum qilishicha, Salim Abduvaliyev xastaligi tufayli 2025 yil 12 yanvar kuni JKning 75-moddasi tartibida jazodan ozod qilingan va ozodlikka chiqarilgan.

UWW_UZB telegram kanalida tarqalgan xabarga ko‘ra, Abduvaliyev sport kurashlari assosiasiyasi rahbarligidan ketgan. Uning o‘rnini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, bir paytning o‘zida O‘zbekiston kurash assosiasiyasi raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev egallagan.

Biroq hozircha bu rasman e’lon qilinmadi.

Abduvaliyevning MOQ raisi o‘rinbosari lavozimidagi faoliyati bo‘yicha ham hech qanday xabar berilmagan.

Kiritildi: 13:56, 14.01.2025.
O'qildi: 1398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик