Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Anchelotti "Barselona"dan mag‘lubiyatga uchraganidan keyin 4 kishilik hujumkor taktikadan voz kechishi mumkin

Anchelotti "Barselona"dan mag‘lubiyatga uchraganidan keyin 4 kishilik hujumkor taktikadan voz kechishi mumkin

Baho:
+4 | -

Karlo Anchelotti "El-Klasiko"dagi mag‘lubiyatdan keyin "Real"ning taktikasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Madrid klubi Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. "Los-Blankos"ning asosiy tarkibida to‘rtta hujumkor o‘yinchi bor edi: Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Rodrigo va Jud Bellingem.

The Athletic nashri xabariga ko‘ra, "Real Madrid" bosh murabbiyi va uning shtabi kuchli raqiblarga qarshi o‘yinda hujum va himoya o‘rtasidagi muvozanatni topish uchun tarkibga o‘zgartirish kiritish haqida o‘ylashmoqda.

Bu reja amalga oshsa, to‘rtta hujumchidan qaysi biri zaxira o‘rindig‘iga tushishini ko‘rish kerak. Rodrigo asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘yishi mumkin, garchi Anchelotti 24 yoshli braziliyalikni himoyada ishlay olishi uchun yuqori baholasa ham.

Bu holda madridliklar 4-4-2 sxemasiga o‘tadi. Federiko Valverde o‘ng qanotda, Bellingem chap qanotda o‘ynaydi.

Kiritildi: 21:04, 14.01.2025.
O'qildi: 4128 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик