Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

O‘zbekiston Futzal federasiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Filippin FF prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston Futzal federasiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Filippin FF prezidenti bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futzal federasiyasi Prezidenti Bekzod Mamatqulov Filippin Futbol federasiyasi Prezidenti Jon Entoni Guteres bilan uchrashdi.

Toshkent mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati saralash o‘yinlari doirasida Filippin futzal terma jamoasi delegasiyasiga rahbarlik qilayotgan Jon Entoni Guteres kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Filippin terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni bevosita majmuaning o‘zidan kuzatdi. Mamlakatimizda futzal, ayniqsa ayollar futzaliga berilayotgan e’tibor, zamonaviy sport inshootlari, tomoshabinlarning muxlislik madaniyati bilan tanishdi. Bu boradagi taassurotlarini O‘FF prezidenti bilan uchrashuv chog‘ida mamnunlik bilan e’tirof etdi.

Shuningdek, Filippin futboli rahbari yurtimizga tashrifi samarali bo‘lganligini qayd etib, O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasining o‘z yurtida o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarligi bilan qiziqdi, futzalchi qizlarimizning tajriba va mahorat bobida qit’ada yetakchilar qatorida ko‘rishini, albatta, Jahon chempionatiga yo‘llanma olishiga ishonishini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 15 may kuni FIFA tarixdagi ayollar o‘rtasidagi birinchi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga Filippin mezbonlik qilishini, oktyabr oyida esa bevosita musobaqa sanalarini e’lon qilgandi.

O‘z navbatida, Jon Entoni Guteres Filippin ushbu musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgani va uni yuqori darajada o‘tkazish uchun barcha zarur ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Ikki davlat futboli va futzali rahbarlari kelgusida sohaning barcha yo‘nalishlarida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashdan, doimiy hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi. Jumladan, O‘zbekiston va Filippin futzal terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlari hamda birgalikda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkillashtirish borasida kelishib olishdi.

Ma’lumot uchun: Jon Entoni Guteres 1977 yilda tavallud topgan. 2023 yilning 25 noyabrida Filippin futbol federasiyasi prezidenti etib saylangan. Shuningdek, “Air Juan” charter aviakompaniyasi rahbari hisoblanadi. Bir muncha vaqt “Pachanga United” klubiga egalik qilgan.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 23:18, 14.01.2025.
O'qildi: 826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.