Madridning “Real” klubi qishki transfer oynasida “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni sotib olish harakatlaridan voz kechishga qaror qildi, deb xabar beradi Relevo.
Manbaga ko‘ra, angliyalik futbolchi yozda "Los-Blankos"ga erkin agent sifatida qo‘shiladi, joriy mavsumning ikkinchi yarmida esa Karlo Anchelotti o‘ng qanot uchun Federiko Valverde, Lukas Vaskes va Raul Asensiodan birini tanlashi mumkin.













