"PSJ" hujumchisi Randal Kolo-Muanining Turinning "Yuventus" klubiga o‘tishi uchun barcha hujjatlar imzolandi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano o‘zining shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.
"Kolo-Muanining "PSJ"dan "Yuventus"ga ijaraga berilishi bo‘yicha barcha hujjatlar imzolangan. Maosh to‘liq "Yuventus" tomonidan qoplanadi. Hech qanday sotib olish bandi yo‘q" - deyiladi Romano postida.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi hujumchisi joriy mavsum Parij klubi safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Uning Klublarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari va saytlari hamon forvardning transferi haqida sukut saqlamoqda.













