Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

BMT elchisi FIFAga Marokashda itlarni ommaviy qatl etilishini to‘xtatishni so‘rab murojaat qildi

BMT elchisi FIFAga Marokashda itlarni ommaviy qatl etilishini to‘xtatishni so‘rab murojaat qildi

Baho:
+ | -

BMTning tinchlik elchisi Jeyn Gudoll Marokashda itlarni ommaviy qatl etilishi masalasida FIFAga murojaat qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ma’lum bo‘lishicha, Marokash hukumati 2030 yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati oldidan 3 milliondan ortiq daydi itlarni qatl etishni rejalashtirgan.

Shu munosabat bilan, Britaniya faoli FIFAning bosh kotibi Mattias Grafstryomga ochiq xat yo‘llab, hayvonlarning yo‘q qilinishining oldini olishga chaqirdi.

"Marokash hukumatining Jahon chempionati o‘tkaziladigan joylarni xorijiy mehmonlar uchun "jozibadorroq" ko‘rsatish maqsadida daydi itlarni ommaviy qatl etish bo‘yicha amalga oshirayotgan harakatlari haqidagi xabarlar meni qattiq hayratga soldi. Shuningdek, IAWPC (Xalqaro hayvonlarni himoya qilish koalisiyasi) tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, bu mudhish ishlar haqidagi hujjatli materiallar sizga taqdim etilgan bo‘lsa-da, e’tiborsiz qoldirilganidan qo‘rqaman.

Futbol muxlislarining, ularning ko‘pchiligi hayvonlarni sevuvchilar ekanligini bilasiz. Ular bu haqda bilib qolsa, qanday munosabat bildirishini tasavvur qila olasizmi? Mamlakatni boykot qilish chaqiriqlari bo‘lishi mumkin, shuningdek, turnirning homiylariga, jumladan, Qatar Airways kompaniyasiga ham bosim o‘tkazilishi ehtimoli bor. Bundan tashqari, bu FIFAni yana jamoatchilikning diqqat markaziga olib chiqadi. Men siz FIFA obro‘sini tiklash uchun ish olib borayotganingizni bilaman, lekin agar chora ko‘rilmasa, FIFA qo‘rqinchli shafqatsizlikda ishtirok etgan tashkilot sifatida taniladi.

Men sizga qatl etish ishlarini to‘xtatishga kafolat berishingizni va Marokashga uning mezbon-davlat maqomi bu harakatlar to‘xtamaguncha bekor qilinishi haqida xabar berishingizni qat’iy tavsiya qilaman. Boshpanaga muhtoj itlarning populyasiyasini nazorat qilishning ko‘pgina insoniy alternativ usullari mavjud bo‘lib, ularni amalga oshirishda Marokash hukumatiga yordam berishga tayyor xalqaro tashkilotlar bor.

Futbol nomi bilan amalga oshirilayotgan bu shafqatsizlik kampaniyasini hech qanday oqlab bo‘lmaydi. Men sizdan FIFAning bosh kotibi sifatida zudlik bilan bu harakatlarni to‘xtatish uchun chora ko‘rishingizni va dunyoning barcha futbol muxlislarining hurmatini qozonishingizni so‘rayman", – deyiladi Gudollning ochiq xatida.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 23:37, 16.01.2025.
O'qildi: 2539 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.