Vinisius Junior ilk bor 2025 yilda gol urdi.
Braziliya terma jamoasining 24 yoshli vingeri Ispaniya kubogi 1/8 finalida "Selta"ga qarshi o‘yinda Braim Diasning uzatmasidan so‘ng "Real"ning ikkinchi golini kiritdi.
Oxirgi marta Vinisius ushbu uchrashuvdan oldin deyarli bir oy oldin - 18 yanvar kuni qit’alararo kubok finalida "Pachuka"ga qarshi o‘yinda (3:0) gol urgan edi. O‘shandan beri u ketma-ket to‘rtta o‘yinda gol ura olmadi.
Joriy mavsumda Vinisius 25 uchrashuvda 14 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













