Dortmundning "Borussiya" klubi hujumkor yarim himoyachisi Jovanni Reyna klubini o‘zgartirishi mumkin.
Nikolo Skira xabariga ko‘ra, 22 yoshli aqshlik futbolchining agenti Jorje Mendesh o‘z mijozi xizmatlarini "Milan"ga taklif qilgan.
«Transfermarkt» portali futbolchining taxminiy transfer qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.













