Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" qishdayoq "Leypsig" hujumchisini jamoaga olib kelmoqchi

"Arsenal" qishdayoq "Leypsig" hujumchisini jamoaga olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

"Arsenal" Benjamin Sheshkoni qishda qo‘lga kiritmoqchi.

The Times nashrining yozishicha, "kanonirlar" shu oyning o‘zidayoq "Leypsig"ning sloveniyalik hujumchisi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan.

"Arsenal" o‘tgan yozda 21 yoshli Sheshkoga qiziqish bildirgan, biroq futbolchi iyun oyida nemis klubi bilan yangi shartnoma imzolagandi. Ushbu uzaytirish doirasida futbolchi kelasi yozda taxminan 60 million funt (70 million yevro) evaziga klubni tark etishi mumkinligi haqida kelishuvga erishildi.

Shunga qaramay, "Leypsig" bu oyda uning sotilishi uchun yuqori summani olishni kutmoqda.

Sheshko bu mavsumda Bundesliganing 17 o‘yinida 8 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:50, 18.01.2025.
O'qildi: 2164 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик