Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" "Milan"dagi tarbiyalanuvchisini qaytarmoqchi

"Real" "Milan"dagi tarbiyalanuvchisini qaytarmoqchi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

"Real Madrid" o‘z tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. "Transfer News Live" nashrining "La Gazzete Dello Sport" nashriga tayanib xabar berishicha, Madrid klubi "Milan"dan Aleks Ximenesga qiziqish bildirmoqda. Taxminlarga ko‘ra, 19 yoshli ispaniyalik futbolchi mavsum oxirigacha Italiya klubida qoladi.

Aleks Ximenes himoyaning ikkala tomonida ham, hujum qanotlarida ham o‘ynashga qodir. Futbolchi "Real Madrid"ning yoshlar tizimi mahsuli, ammo "Milan" uni 2023 yilning yozida ijaraga olib, bir mavsumdan keyin sotib oldi. Ximenes “rossonerilar”ning asosiy tarkibida 13 ta o‘yin o‘tkazdi.

Nufuzli "Transfermarkt" portali ekspertlari Aleks Ximenesni 5 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 19:02, 19.01.2025.
O'qildi: 4508 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.