Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Dana Uayt: "Maxachev – tarixdagi eng yaxshi jangchi"

Dana Uayt: "Maxachev – tarixdagi eng yaxshi jangchi"

Baho:
+ | -
Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev UFC 311 turnirining markaziy jangida braziliyalik Renato Moykanoni birinchi raundning o‘zida bo‘g‘ib qo‘ygandi.

Maxachev o‘z kamarini to‘rtinchi bor muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu bilan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi vazn toifasidan qat’i nazar UFC promoushenining eng yaxshi jangchisi ekanini isbotladi. Nihoyat, bu fikrga tashkilot rahbari Dana Uayt ham qo‘shilgan ko‘rinadi.

"Ikkala jangchi ham o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsata olishdi. Moykano juda qisqa muddatda taklifga o‘z roziligini berib, chempionga qarshi oktagonga chiqdi. Islam menga – aka, men chempionman, ertaga kim bilan jang qilishimning farqi yo‘q, ertalab uyg‘onaman va istalgan raqibga qarshi bahsda kamarimni himoya qilaman.

U o‘z so‘zida turdi va g‘alaba qozondi. Ha, men uni endi P4P reytingi peshqadami sifatida tan olaman. Shuningdek, Maxachev yengil vazn toifasi tarixidagi eng yaxshi jangchi ham bo‘ldi. O‘ylaymanki, bu borada sizda savollar tug‘ilmaydi. Yoki sizlar boshqa fikrdamisizlar?", – dedi Uayt. 

Avvalroq, Dana Uayt bir necha bor P4P reytingida birinchi o‘ringa og‘ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Jon Jonsni qo‘yib kelgandi.

Manba: fighttime
Kiritildi: 11:47, 20.01.2025.
O'qildi: 1862 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.